Qamashi tumanida yana bir un zavod ishga tushdi

16:23 05 Oktyabr 2023 Jamiyat
965 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Joriy yilning iyul oyida Qamashi tumanidagi “Boʻritosh aya” fermer xoʻjaligi tomonidan yiliga 10 ming tonnadan oshiq un ishlab chiqarish imkonini beradigan quvvat ishga tushirilgani haqida xabar bergandik.

Tuman markazidagi kichik sanoat zonasida yana bir shunday loyiha boʻyicha amaliy saʼy-harakat boshlandi. “Qamashi oltin boshoq agroklaster” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan donni qayta ishlash korxonasida Turkiya texnologiyasi asosida yiliga 20 ming tonna yuqori sifatli un tayyorlash imkoni mavjud.

— Jamiyatimizning asosiy faoliyati klaster tizimida gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan, — deydi jamiyat rahbari Bahrom Aliyev. – Hududdagi fermer xoʻjaliklari bilan gʻalla yetishtirish boʻyicha shartnoma tuzib, ulardan yiliga oʻrtacha 36 ming 700 tonna don qabul qilib olamiz. Bu har yili jamiyat tasarrufidagi omborxonalarga shuncha miqdordagi xomashyo yigʻiladi, degani. Ushbu xomashyoni oʻzimizda chuqur qayta ishlash orqali faoliyatdan kelayotgan daromadni yana bir necha marotaba oshirish mumkin. Shuni hisob-kitob qilgan holda, 11 milliard soʻm miqdoridagi sarmoya evaziga ushbu korxonani ishga tushirdik.

Ayni vaqtda korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Bu faoliyat tufayli hududdagi 35 nafar kishi doimiy ish bilan band etildi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер