Qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanayotgan shaxslar ushlandi

21:00 18 Dekabr 2023 Jamiyat
546 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Taxiatosh guzari hududida joylashgan savdo doʻkonida fuqaro T.R. qonunga xilof ravishda alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanayotganligi aniqlanib, ushbu doʻkondan 4 213 dona har-xil turdagi vino, konyak, viski va aroq mahsulotlari hamda 731 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Shoʻrchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Hayrobod” mahallasidagi “A.” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʻkoni sotuvchisi B.X. xaridor M.X.ga hech qanday hujjatsiz 195 dona “Juravli” nomli alkogol mahsulotini 4,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu doʻkondan qalbaki aksiz markali 20 xil turdagi 1 078 dona alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер