Qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan foydalanish oʻz samarasini bermoqda

18:47 03 Mart 2023 Jamiyat
602 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar va aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu esa oʻz samarasini bera boshladi.

— 2022 yilning noyabr oyida xonadonimga 5 kilovatt soat quvvatga ega quyosh panelini oʻrnatgandim, — deydi Andijon tumanidagi «Mirobod» mahallasida yashovchi Soyibjon Xudoyberdiyev. — Quyosh nisbatan kam boʻlgan qish faslida ham bir kun boʻlsin elektr taʼminotida uzilish boʻlmadi. Qolaversa, moddiy jihatdan ham ancha foydali. Yaʼni avvallari bir oyda elektr energiyasi uchun 300 ming soʻm toʻlovni amalga oshirar edim. Quyosh panelini oʻrnatgach, hisob-kitoblarga koʻra, bir yilda 2 mln. 400 ming soʻm mablagʻni iqtisod qilishim mumkin. Qolaversa, davlatga 7 mln. soʻmlik elektr sotaman. Bir soʻz bilan aytganda, besh yil muddat ichida quyosh panelini oʻrnatish xarajati oʻzini qoplar ekan.

Andijon viloyatida joriy yilning oʻzida 508 mln. kilovatt soatni tashkil etuvchi «Yashil loyihalar»ni ishga tushirish rejalashtirilgan. Undan quyosh panellari orqali energiya olish rejasi 56 ming kilovatt soatni tashkil etadi. Shu kungacha 5300 kilovatt energiya beruvchi quyosh panellari oʻrnatildi. Amaliyotda ijobiy natija bera boshlagan bu istiqbolli loyiha koʻlami tobora kengayib bormoqda.

Saminjon HUSANOV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер