Qaysi sohada oilaviy korxonalar koʻproq?

10:17 02 May 2025 Jamiyat
258 0

Oʻzbekistonda oilaviy tadbirkorlik salohiyati izchil rivojlanib bormoqda. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-aprel holatiga mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan oilaviy korxonalar soni 36 ming 850 tani tashkil etdi.

Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, ularning eng katta qismi savdo sohasiga toʻgʻri kelmoqda — 14 ming 822 ta korxona yoki umumiy ulushning 40,2 foizini tashkil etadi. Savdodan keyingi oʻrinlarni sanoat (8 ming 406 ta) va yashash hamda ovqatlanish xizmatlari (6 ming 946 ta) sohalari egallagan.

Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida 2 ming 511 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida 632 ta, tashish va saqlash sohasida 341 ta, qurilish sohasida 282 ta, axborot va aloqa sohasida 241 ta oilaviy korxonalar qayd etilgan.

Bundan tashqari, “boshqa sohalar” kategoriyasida faoliyat yuritayotgan 2 ming 669 ta oilaviy korxona mavjud. Bu koʻrsatkichlar mamlakatimizda oilaviy biznesning turli sohalarda faol rivojlanayotganini koʻrsatib, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер