Qaysi hududda eng koʻp oilaviy korxonalar tashkil etilgan?

10:37 12 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
770 0

2020-yilning 10 oyida hududlar boʻyicha eng koʻp Surxondaryo viloyatida 3664 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 1-noyabr holatiga, respublika boʻyicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni 15 430 tani tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 967 taga koʻpaygan. Oʻsish surʼati 47,5 foizga oshgan.

Eng koʻp yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar boʻyicha hududlar:

Surxondaryo viloyati – 3664 ta

Samarqand viloyati – 2287 ta

Andijon viloyati – 1336 ta

Fargʻona viloyati – 1221 ta

Xorazm viloyati – 1198 ta

Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning sohalar boʻyicha soni:

Sanoat – 4997 ta

Savdo – 4715 ta

Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 3172 ta

Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 1540 ta

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 108 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер