Qadrlashni ayoldan boshlasak, qadrimiz baland boʻladi
Bugun hayotimdagi eng unutilmas voqea yuz berdi – davlatimiz rahbari jamoamizda boʻlib, faoliyatimiz bilan tanishdi. Nafaqat, mahsulotlarimizni koʻrdi, ishchilarga yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi, biz bilan suhbatda boʻldi.
Toʻgʻrisi, davramizda davlat rahbarini koʻrganimda, hayajonlanganim rost. Biroq, Prezidentimiz bilan suhbat tez qoʻr oldi. Ayniqsa, keyingi paytlarda hayotimizda qanday oʻzgarishlar boʻlayotgani haqida soʻraganida toʻlqinlanib ketdim. Negaki, jamoamizdagi xotin-qizlar orasida bir paytlar xorijda mehnat qilganlar bor. Ular oʻz vaqtida tumanimizda ish oʻrni boʻlmaganligi bois respublikamizdan tashqarida mehnat qilishga majbur boʻlganlar. Bugungi kunga kelib aynan bizning jamoamizda ishchilar soni 3 ming 500 nafarni tashkil etishi juda katta oʻzgarish ifodasidir.
Davlatimiz rahbari aytganidek, qadrlashni ayoldan boshlasak, qadrimiz baland boʻladi. Men bu gapning maʼnosini oʻz hayotim misolida koʻrib, shukrona keltirmoqdaman. Negaki, roʻzgʻorim but, oilamda xotirjamlik, ish joyimda barcha sharoitlar yaratilgan, eʼtibor va eʼzozdan ruhlanib, bugun kechagidan ortiq mehnat qilishga harakat qilmoqdaman.
Ismigul YOʻLDOSHEVA,
“Asaka tekstil” klaster toʻqimachilik korxonasi tikuvchisi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring