Qadimiy tangalar olib chiqilishining oldi olindi

12:12 18 Fevral 2023 Jamiyat
891 0

Madaniy boyliklarni yurtimizdan xorijga noqonuniy yoʻllar bilan olib chiqishga boʻlgan urinishlarni bojxonachilar oʻz vaqtida fosh etishmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan 2023-yil yanvar oyi davomida 1944-yilda zarb qilingan 1 dona, 1960-1965-yillarda zarb etilgan 3 dona qadimiy medallar, 1961-yil zarb qilingan 12 dona, 1962-yilda zarb qilingan 2 dona, 1970-yilda zarb qilingan 7 dona, 1922-yilda zarb qilingan 1 dona hamda 1801-yilda zarb etilgan 1 dona qadimiy tangalarni olib chiqilishi oldi olindi.

Maʼlumot uchun, 2022-yil davomida 22 mln. 975 ming soʻmlik 224 dona (qadimiy tanga, medal, samovar, qumgʻon va choynak) hamda 13 mln. 650 ming soʻmlik 36 dona qadimiy kashtachilik mahsulotlari olib chiqilishining oldi olingan.

Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер