Qabul kvotalari tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga koʻra:
— bakalavr kunduzgi taʼlim shakliga – 34 860 nafar;
— magistrlar tayyorlash boʻyicha – 8 923 nafar grant oʻrinlari ajratildi.
Shunga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan:
— umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari tuman (shahar) kesimida;
— hamda taʼlim tillari boʻyicha taqsimoti 20-iyunga qadar tasdiqlanib, eʼlon qilinadi.
Shuningdek, davlat OTMlariga toʻlov-kontrakt asosidagi kvotalar esa:
— tizimida OTMlar boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda;
—moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari Kuzatuv kengashlari tomonidan 20-iyunga qadar tasdiqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring