Putin urushni toʻxtatmoqchi emas — Zelenskiy

01:18 09 Fevral 2025 Dunyo
418 0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva muzokaralarga emas, balki urushni davom ettirishga tayyorlanayotganini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Pravda” nashri.

“Rossiya oʻz harbiylari sonini 100 ming nafarga oshiryapti, yangi harbiy boʻlinmalar tuzyapti va qurol ishlab chiqarish hajmini keskin oshirmoqda. Bu Moskvaning Ukraina bilan muzokaraga kirishishini emas, aksincha, urushni davom ettirishni xohlayotganidan dalolat beradi”, — deydi Zelenskiy.

Bundan tashqari, Ukraina yetakchisi Rossiyaning ushbu harakatidan soʻng barcha Yevropa davlatlari oʻz mudofaasini kuchaytirishi kerakligini qatʼiy taʼkidlagan.

Avvalroq, Vladimir Zelenskiy Moskva bilan muzokaralar ikki mamlakat oʻrtasidagi mojarolarni toʻxtashiga sabab boʻlsa, Putin bilan muzokaralar stoliga oʻtirishga roziligini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер