Putin Shimoliy Koreya Rossiya qurollarini oluvchi davlatlardan biri boʻlishini maʼlum qildi

11:05 21 Iyun 2024 Dunyo
326 0

Foto: ТАСС

Prezident Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya Shimoliy Koreyaga qurol yetkazib berishi mumkin. Bu Gʻarbning Ukrainani qurollantirish harakatiga javob boʻladi. Rossiya rahbari Shimoliy Koreyaga borib, mudofaa shartnomasini imzolagan. Bu haqda Putin Vyetnamdagi matbuot anjumanida aytib oʻtdi.

Gʻarb davlatlari Moskva va Pxenyan aloqalaridan xavotir bildirib keladi. Putin shu oy boshida Rossiya Gʻarb dushmanlarini qurol bilan taʼminlashi mumkinligidan ogohlantirgan edi. Chunki Gʻarb Ukrainani yuqori aniqlikdagi qurollar bilan qoʻllab-quvvatlab, Rossiya ichidagi nishonlarga oʻt ochishga ruxsat bergan. Shunday qilib, Putin Shimoliy Koreya Rossiya qurollarini oluvchi davlatlardan biri boʻlishini maʼlum qildi.

«Men Pxenyanda ham biz dunyoning boshqa mintaqalariga qurol yetkazib berish huquqini saqlab qolishimizni aytdim. Shimoliy Koreya bilan kelishuvlarimizni hisobga olsak, buni ham istisno qilmayman», — degan u.

Shuningdek, bunday bayonot Janubiy Koreyaning Ukrainaga qurol yetkazib berish jarayoniga toʻgʻri keldi. Putin Janubiy Koreya Kiyevga qurol yetkazib berishga qaror qilsa, «katta xatoga yoʻl qoʻyishi»ni va Moskva bunday harakatga Seul uchun ogʻriqli tarzda javob berishini aytdi.

Putin Vyetnamdagi jurnalistlar bilan oʻtgan matbuot anjumanida yadro doktrinasini qayta koʻrib chiqayotganini maʼlum qilgan. Chunki uning potensial dushmanlari yadro qurolidan foydalanish chegarasini pasaytirish bilan bogʻliq yangi elementlar ustida ishlayotganini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер