Putin Rossiyaga cheklov qoʻllagan davlatlarga javob sanksiyalarini aks ettirgan hujjatni imzoladi

13:34 01 Mart 2022 Dunyo
1547 0

Foto: Открытые Медиа

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “AQSH va ularga qoʻshilgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning nodoʻstona harakatlari munosabati bilan” maxsus iqtisodiy choralarni qoʻllash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Meduza” xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu hujjat bugun, 1-martdan kuchga kiradi.

Shuningdek, farmonga koʻra, 1-martdan boshlab Rossiya fuqarolari:

  • xorij valyutasini xorijdagi banklar va moliya tashkilotlarida ochilgan hisobraqam va omonatlariga oʻtkaza olmaydi;
  • xorijdagi toʻlov xizmati koʻrsatuvchilar (bank hisobraqamini ochmasdan) elektron toʻlov vositalaridan foydalangan holda pul oʻtkazmalarini amalga oshira olmaydi;
  • qarz shartnomalari boʻyicha norezidentlarga xorij valyutasini oʻtkaza olmaydi.

Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etuvchi Rossiya rezidentlari tovarlar va xizmatlarni Rossiyada fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga sotish boʻyicha shartnomalar asosida oʻz hisob varaqlariga kiritilgan valyuta tushumlarining 80 foizini sotishlari shart. 

Bu tartib farmon kuchga kirgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер