Putin «COVID-19»ga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini oldi. U qaysi vaksina bilan emlangani hamon nomaʼlum
Foto: РИА Новости
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi vaksina bilan birinchi emlashdan uch hafta oʻtgach, ikkinchi dozani olgan. Bu haqda davlat rahbari Rossiya geografik jamiyatining Vasiylik kengashi yigʻilishida maʼlum qilgan.
Yigʻilishda Putin koronavirus pandemiyasi tez orada orqaga qaytishiga umid bildir va bunga vaksinalar tufayli erishilishiga qoʻshimcha qilib.
23-mart kuni prezident «COVID-19»ga qarshi ikki dozali vaksinaning birinchi dozasini oldi.
Kreml davlat rahbari qaysi vaksina bilan emlanganligiga aniqlik kiritmagan.
Rasmiy Kremlga koʻra, Rossiyada ishlab chiqarilgan uchta vaksina («Sputnik V», “EpiVakKorona” va “KoviVak”)ning hammasi ishonchli va samarali.
Emlashdan keyin Vladimir Putin oʻzini yaxshi his qilgan. Keyinchalik u vaksina olganidan bir necha soat oʻtib chap yelkasida ozgina noqulaylik his qilganini aytgan. Siyosatchida boshqa nojoʻya taʼsirlar kuzatilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring