Puldan pulni koʻpaytirsa boʻladimi?
Albatta boʻladi. Buni tijorat banklari yordamida amalga oshirishingiz mumkin. Faqat pulni sandiqda yoki seyfda emas, balki bank omonatlarida saqlasangiz kifoya. Bugun respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tijorat banklarida biri biridan ajoyib va jozibador takliflar mavjud. Tanlash sizning ixtiyoringizda. Lekin «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining bu boradagi takliflari oʻziga xos. Misol uchun, “Kundan kun yaxshi” omonatini olaylik. Mazkur omonatga sarmoyangizni 5 kundan 90 kungacha muddatga joylashtirishingiz mumkin.
Taʼkidlash joizki, bunda har bir kun sizning foydangizga ishlaydi. Nima uchun? Aytaylik, siz omonatni 5 kundan 30 kunga qoʻysangiz sarmoyangizga 17 foiz qoʻshiladi. Agar sarmoyangizni omonatga 35 kundan 60 kungacha saqlasangiz 18, 65 kundan 90 kungacha esa yillik 21 foiz ustama olasiz. Demak, bu yerda pulingizni bankka qancha uzoq muddatga bersangiz, shuncha yaxshi.
Bank tomonidan taklif qilinayotgan yana bir omonat turi — “Ravnaq” ham qulay shartlari bilan alohida ajralib turadi. Yaʼni ushbu omonatga pulingizni 12 oyga joylab, yillik 23 foiz qoʻshimcha daromad olishingiz mumkin.
Mablagʻingizni 15 oygacha ishlatish niyatida emassiz. Lekin nima qilishni bilmayapsiz. Axir, sarmoyani harakatsiz saqlab turish ham foydasiz-ku. «Mikrokreditbank» bu borada ham sizga maʼqul taklif beradi. Gap shundaki, pulingizni uning “Saxovat” omonatida saqlang va yillik 23 foiz daromadga ega boʻling.
Yana bir jihat. Baʼzi yurtdoshlarimiz ortiqcha mablagʻini xorij valyutalarida, xususan, AQSH dollarida saqlashga odatlangan. «Mikrokreditbank» bunday insonlar manfaatini oʻylab ham xorijiy valyutada qulay va daromadli omonatlarini taqdim qilmoqda. Masalan, bankning “Stimul” omonati yordamida qoʻlingizdagi valyutani 5 va 6 foizga koʻpaytirib olsangiz boʻladi. Bunda foiz omonat muddati 3 yoki 6 oyligiga qarab belgilanadi. Yana bir omonat — «Profit»da esa valyutangizni bir yoki ikki yilga qoʻysangiz, yillik 6 foiz miqdorda valyutada qoʻshimcha daromad qilasiz.
Bundan tashqari, bankda “Yaxshi niyat”, “Barqaror”, “Baxtli bolalik” kabi omonatlari ham mavjudki, ularning bari mijozlar manfaati doirasida ishlab chiqilgan. Misol uchun, “Yaxshi niyat” omonatiga plastik kartochkangizdagi qoldiq mablagʻni 6, 9 va 18 oyga qoʻysangiz, yillik 21 foiz toʻlov qilinadi. Buning uchun siz bankning mobil ilovasini yuklab olsangiz, bas. Bankka kelishga vaqt, ortiqcha mablagʻ yoʻqotmaysiz. Hisoblangan foizlar xohishingizga qarab, har oyda plastik kartochkangizga oʻtkazib beriladi. Yana unga qoʻshimcha mablagʻ qoʻshib borishingiz ham mumkin. “Barqaror”omonati ham shunga oʻxshash. Ushbu omonatga plastik kartochkadagi mablagʻlar 12,14 va 36 oyga 21 foiz stavkaga qabul qilinadi. Hisoblangan foizlar istakka koʻra, har oyda mijozning plastik kartochkasiga oʻtkaziladi. Shuningdek, omonatga qoʻshimcha mablagʻ ham qoʻshish mumkin.
“Baxtli bolalik” omonatini, tom maʼnoda yosh avlod vakillarining kelajagi uchun sarmoya, desak arziydi. Chunki mazkur omonatni naqd yoki pul koʻchirishi yoʻli bilan voyaga yetmagan bolalar nomiga ochish mumkin. Pul koʻchiruvchi sifatida esa bolaning ota-onasi, qarindoshlari, ixtiyoriy homiy fuqaro va tashkilot qatnashishi mumkin. Omonatga qoʻshimcha mablagʻlar qabul qilinadi, yaʼni jamgʻarib boriladi. Muddati bir yildan 15 yilgacha. 10 foizlik summa omonatga qoʻshilib boradi.
Qisqasi, ayni paytda «Mikrokreditbank» ATB tomonidan taklif etilayotgan omonatlar sarmoyangizga sarmoya qoʻshishi aniq. Sizdan taklif etiladigani esa pulingizni bank omonatlarida saqlang.
Bank axborot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring