Prokuratura Departamenti Qurilish vazirligining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabari yuzasidan munosabat bildirdi

17:52 06 Fevral 2022 Jamiyat
948 0

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasida ishlovchi R.R. qarindoshi R.ning binosini foydalanishga qabul qilish haqidagi murojaati inspeksiya tomonidan koʻrib chiqilib, natijasiga koʻra obyektni qabul qilish rad qilingan boʻlsada, R.R. xizmat mavqeyidan foydalanib, ushbu murojaatni ijobiy hal qilib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari talab qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Ushbu murojaat hamda olingan tezkor maʼlumotlarga asosan 31.01.2022-yilda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi yetakchi inspektori R.R. fuqaro R.ning binosini foydalanishga qabul qilish haqidagi murojaatini ijobiy hal qilib berishi evaziga oʻzi talab qilgan 1 000 AQSH dollarini Urganch shahri markazidagi savdo kompleksining avtoturargohida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari davomida, fuqaro R.R. Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining Qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat boʻlimi yetakchi inspektori lavozimida ishlashi, inspeksiya tomonidan taqdim etilgan rasmiy hujjatlar, maʼlumotnoma, maxsus guvohnoma, tabel hamda tezkor tadbir jarayonida olingan videolavha orqali tasdiqlangan (mavjud maʼlumot va videolavhalar tergovga taqdim qilingan).

Hozirda, jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер