Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari hududlarda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini baholadi

22:29 29 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
735 0

Foto: Illustrativ foto

Tadqiqot doirasida 1 gektar yerni sugʻorish uchun sarflanadigan suv miqdori, oʻrtacha 1 kub metr suv hisobiga yetishtiriladigan mahsulot, hududlarda suvni tejovchi texnologiyalar qoʻllaniladigan maydonlarning kengayishi kabi samaradorlikni aks ettiruvchi koʻrsatkichlar asosida hududlarda suvdan foydalanish samaradorligi indeksi hisoblab chiqildi.

Natijalarga koʻra, Andijon va Samarqand viloyatlari suvdan foydalanishda yuqori samaradorlikka erishgan boʻlsa, Toshkent, Jizzax, Navoiy, Namangan hamda Fargʻona viloyatlarida nisbatan oʻrtacha koʻrsatkich qayd etilgan.

Soʻnggi yillarda tejamkorlik borasida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida suvni tejaydigan texnologiyalar qoʻllaniladigan maydonlar Navoiy (28 foiz), Andijon (23,6 foiz), Jizzax (21,9 foiz) viloyatlarida kengayib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер