Prezidentning amaliy tashrifi yakunlandi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 12-14-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻldi.
13-oktyabr kuni davlatimiz rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammitida nutq soʻzlab, savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, ekologiya, xavfsizlik sohalari va Afgʻoniston masalasi boʻyicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
14-oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
“Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti ham boʻlib oʻtdi.
Tashrif yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Smailov kuzatib qoʻydi.
Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring