Prezidentlik saylovi uchun qancha pul sarflanishi ma’lum bo‘ldi
Foto: «Xalq so‘zi»
Muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga 174,1 mlrd so‘m sarflanadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
MSK xabariga ko‘ra, bu avvalgi prezidentlik saylovi uchun ajratilgan mablag‘dan 41 foizga kam.
Smetaga ko‘ra, mablag‘ning 82 foizi okrug va uchastka komissiyalari faoliyatini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Shundan 76foizi komissiya a’zolari mehnati uchun haq to‘lashga sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, muddatidan ilgari prezidentlik saylovi 9 iyulga belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring