Prezidentimiz 2023-yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berishni taklif qildi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shu bois, Prezidentimiz 2023-yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb nom berishni taklif qildi.
Yigʻilganlar bu tashabbusni bir ovozdan qoʻllab-quvvatladi.
«Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz?
Biz Oʻzbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini taʼminlashni ustuvor vazifa etib belgiladik.
Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogoʻy ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi?
Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sogʻligʻi joyida boʻlishi, yaxshi taʼlim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak boʻlsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yoʻldan aslo toʻxtamaymiz», - dedi davlatimiz rahbari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring