Prezident Shavkat Mirziyoyev Uychi tumanidagi “Qumtepa” yoshlar kichik sanoat zonasiga tashrifidan fotoreportaj

15:47 25 Mart 2024 Siyosat
847 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Uychi tumanidagi “Qumtepa” yoshlar kichik sanoat zonasida bo‘ldi. Mahallalarda shakllangan kasb-hunarlarni rivojlantirib, drayverga aylantirish, shu orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Uychi tumanidagi Qumtepa, Dehqon, Balandariq va Jiydakapa mahallalarida temirchilik shunday yo‘nalish. 

2021 yilda bu yerda temirchilikka ixtisoslashgan sanoat zonasi tashkil etilib, xonadonlardagi usta-hunarmandlarga zarur sharoitlar yaratib berildi. Uch gektar maydonni egallagan majmua yo‘l, energiya, ichimlik va oqova suv kabi barcha infratuzilma bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, energiya tejamkor usullar joriy etilib, quyosh panellaridan samarali foydalanilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu yerda ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi, temirchi hunarmandlar bilan suhbatlashdi.

Prezident tashrifini yoritishda ishtirok etayotgan «Xalq so‘zi» muxbiri fotoreportaj tayyorladi.

 

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер