Prezident Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26-iyul kuni qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Prezident matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, davlat rahbari bugun, 5-avgust kuni qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytgan.
Qayd etilishicha, joriy haftada davlatimiz rahbari huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yigʻilishlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, hafta davomida Prezidentimiz davlat tashrifi bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻlishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring