Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga joʻnab ketdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-yanvar kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Oliy darajadagi muzokaralarda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro savdoni koʻpaytirish, sanoat kooperatsiyasini qoʻllab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.
Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring