Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga joʻnab ketdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga joʻnab ketdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbarining hamma saʼy-harakatlari, barcha safarlaridan maqsad bitta — xalqimiz manfaatini taʼminlash. Iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar koʻzlangan.
Uchrashuv va muzokaralar natijasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, taʼlim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring