Prezident Shavkat Mirziyoyev bu hafta Germaniya va BAA vazirlarini qabul qiladi
Foto: president.uz
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ommaviy axborot vositalari vakillari uchun navbatdagi brifingda 24-28-oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan va shu haftaga rejalashtirilgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Boshlangan haftada davlatimiz rahbari huzurida turli sohalar, xususan, energetika, mahalliy sanoat, sud-huquq masalalariga doir yigʻilish va taqdimotlar boʻlib oʻtadi.
1-noyabr kuni Prezidentimiz Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi.
3-noyabr kuniga esa BAA hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan uchrashuv rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring