Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-mart kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.
Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtadi, unda yetakchilar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladilar.
Ertaga, 2-mart kuni Bokuda eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri - Qoʻshilmaslik harakatining sammiti boʻlib oʻtadi. Tadbirning yalpi sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nutq soʻzlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring