Prezident Ramazon hayitiga 5 kunlik dam olish kunini eʼlon qildi, qaysi turistik xizmatlar uchun chegirmalar mavjud?

15:19 30 Aprel 2022 Jamiyat
1565 0

Foto: Illustrativ foto

Maʼlumki, shu yilning 26-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda pandemiya davrida jahon miqyosida oʻrnatilgan cheklovlar birin-ketin kamayayotgani sabab turizm industriyasi tiklana boshlayotgani taʼkidlandi.

Davlat rahbari Ramazon hayiti munosabati bilan xalqimizga yana 5 kunlik dam olish berilishini alohida qayd etdi.

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 5 kunlik: 30-aprel - 1-2-3-4-may kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmga jalb etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan eʼlon qilingan respublika boʻylab chegirmalar toʻgʻrisida maʼlumotlar jamlandi.

1. «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan bayram munosabati bilan 2-maydan 4-maygacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga 50% chegirma joriy qilindi.

2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Ramazon Hayiti bayrami arafasida yoʻlovchilarga yanada koʻproq qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning 3-4-5-may kunlari, Samarqand – Toshkent – Samarqand yoʻnalishida 767/768-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

3. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obyektlari (ziyoratgoh va qadamjolar)da joriy yilning 30-aprel – 1-2-3-4-may sanalarida yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20% hamda yoshlar uchun 50% chegirmalar joriy qilindi.

Shu bilan birga, respublika boʻylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan ixtiyoriy chegirmalar taqdim etilmoqda.

Quyida ularning roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin:

1. Umumiy ovqatlanish joylaridagi xizmatlar uchun beriladigan chegirmalar;

2. Joylashtirish vositalari (mehmonxona va mehmon uyi) xizmatlari uchun beriladigan chegirmalar;

3. Ichki turizm yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari;

4. Madaniy meros agentligi tizimidagi muzeylarda eʼlon qilinayotgan chegirma va aksiyalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер