Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan koʻp sonli mahkumlarni afv etishi kutilmoqda — manba

02:08 30 Aprel 2020 Siyosat
2019 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan anʼanaga muvofiq, navbatdagi afvni eʼlon qilishi kutilmoqda.

Manbaga koʻra, Hayit munosabati bilan eʼlon qilinadigan afv birmuncha kattaroq miqyosda boʻlishi, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan koʻplab mahbuslarni qamrab olishi mumkin.

Soʻnggi marta prezident farmoni bilan 6-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 83 nafar mahkuma ayollar afv etilgan edi.

Shu yil 5-fevralda esa prezident farmoni bilan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 58 nafar fuqaro afv etilgan edi. 2019-yil 6-dekabrda konstitutsiya kuni munosabati bilan 92 nafar fuqaro afv etilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida mamlakatimizda mahbuslarni afv etish instituti joriy etilgani, soʻnggi uch yilda yetti marta afv eʼlon qilingani va buning natijasida qilmishidan chin dildan pushaymon boʻlib, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 4 mingga yaqin mahbus jazoni oʻtash joylaridan ozod etilganini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер