Prezident raisligida 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi
Foto: president.uz
Prezident raisligida 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Soʻnggi olti yilda mamlakatimiz aholisi 5,5 million nafarga oʻsgani, hademay 40 millionga yetishi qayd etilib, 2017-yildan buyon 326 mingta yangi uy-joy foydalanishga topshirilgani taʼkidlandi.
Bu davrda uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi aholi jon boshiga 18 foizga oshdi.
Oxirgi uch yilda 210 ming oilaga 33 trillion soʻmlik ipoteka kreditlari ajratildi, ehtiyojmand 73 ming oilaga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlari uchun 1,3 trillion soʻm subsidiya berildi.
Sohaga bozor tamoyillari joriy qilinib, yuzlab xususiy buyurtmachi kompaniyalar shakllandi. Seysmik xavfsiz va energiya tejamkor yigʻma temir-betonli koʻp qavatli uylarni qurish boʻyicha 11 ta yirik klaster paydo boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring