Prezident qarori ijrosi: 225 541 ta oilaga 1 million soʻmdan moddiy yordam ajratildi

16:32 26 Fevral 2026 Iqtisodiyot
1073 0

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Prezidentning joriy yil 17-fevraldagi 67-son qaroriga muvofiq, ehtiyojmand aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam toʻlovlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, birinchi bosqichda 616 305 ta oilaga jami 422,4 mlrd soʻm mablagʻ toʻlab berilgan. Jumladan, 225 541 ta oilaga 1 million soʻmdan moddiy yordam ajratilgan boʻlib, shundan:

• 207 661 tasi — davlat taʼminotidagi oilalar;

• 3 848 tasi — yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashayotgan oilalar;

• 17 032 nafari — yolgʻiz yashovchi, parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar.

Shuningdek, 387 764 ta kam taʼminlangan oilaga 500 ming soʻmdan mablagʻ toʻlab berilgan.

Maʼlum qilinishicha, ikkinchi bosqichda roʻyxati qoʻshimcha shakllantirilgan hamda hujjatlari oʻrganilayotgan oilalarga moddiy yordam yoʻnaltiriladi.

“Moddiy yordam koʻrsatish jarayoni shaffoflik va manzillilik tamoyillari asosida davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер