Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gulchambar qoʻydi

19:16 08 May 2023 Siyosat
947 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan bu majmua xalqimizning urushdagi yoʻqotishlari, tinchlik uchun kurashi va ulkan hissasini ifodalaydi. Shu bois bogʻ har doim, ayniqsa, bayram kunlarida yoshu keksalar bilan gavjum.

Bu yil ham 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ragʻbatlantirilmoqda. Ularning salomatligi hamisha eʼtibordaGʻalaba bogʻida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari jam boʻldi. Ular ham majmua poyiga gullar qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер