Prezident maktabgacha va maktab taʼlimidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusi rejalarni belgilab berdi

11:01 05 Fevral 2024 Siyosat
249 0

Islohotlar natijasida maktabgacha taʼlimda qamrov 74 foizga yetdi. 2016-yilda bu koʻrsatkich 27 foiz edi. Bu yil davlat bogʻchalari quvvati yana 10 ming oʻringa, xususiy bogʻchalarda 50 ming oʻringa oshiriladi.

Lekin baʼzi chekka qishloqlarda bogʻcha hali yoʻqligi sababli hamma bolalar ham maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan, ayrim tumanlarda bogʻcha yetarli boʻlishiga qaramay, qamrovi oʻtgan yilga nisbatan biroz kamaygan.

Xususiy bogʻchalarda bolalar hisobini yuritish raqamlashtirilmoqda, lekin davlat bogʻchalarida bu jarayon hali boshlanmagan.

Shu munosabat bilan Maktabgacha taʼlim agentligiga bogʻchalarda byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер