Prezident Lyuksemburg Gersogini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Lyuksemburg Buyuk Gersogi Anrini milliy bayram bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Mirziyoyev Lyuksemburg rahbarini milliy bayram – Buyuk gersog tavalludi kuni munosabati bilan tabriklagan.
Ma’lumot uchun, Lyuksemburgda 23 iyun milliy bayram sifatida nishonlanadi. Aslida Buyuk Gersogning tavallud kuni 5 yanvar bo‘lishiga qaramasdan, u mamlakat aholisi yoz oyida, bayramni maxsus feyerveyklar, tantanalar bilan nishonlashi uchun o‘z tug‘ilgan kunini 5 oyga surishga qaror qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring