Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi

12:46 10 May 2024 Siyosat
458 0

Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmogʻidagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Pillani xarid narxi pastligi uchun pillakorlarda manfaatdorlik past.

Shuning uchun ipakchilikni rivojlantirish boʻyicha kuni kecha imzolangan Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi.

Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer soligʻining 10 foizi toʻlanadi.

Mutasaddilar va hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilsa boʻladigan 105 ming gektar yer ajratish topshirildi. Bu yerlar lotlarga boʻlinib, auksionda beriladi, auksiondagi yerning boshlangʻich narxi 10 foiz etib belgilanadi.

Yigʻilishda ipak olishning muqobil usullarini yoʻlga qoʻyish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yoʻlga qoʻyilgan.

 

Bu yangi yoʻnalishni oʻzimizning iqlim sharoitimizdan kelib chiqib tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut oʻsimligi va qurti urugʻlarini olib kelib, Ipakchilik institutida sinov ishlarini boshlash topshirildi.

Umuman, hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etib, hosil yoʻqotishsiz yigʻib olinishini taʼminlash boʻyicha qator topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер