Prezident boks finalini tomosha qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Humo Arena” sport saroyiga tashrif buyurib, boks boʻyicha jahon chempionatini tomosha qildi.
Bu nufuzli musobaqada 107 ta mamlakatdan 600 dan ortiq bokschilar ishtirok etdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi barcha 13 vazn toifasida qatnashdi. Vakillarimiz bugungacha 9 ta medalni naqd qilib boʻlgan edi.
Davlatimiz rahbari 13-may kuni yurtimiz bokschilari ishtirokidagi final janglarini kuzatdi. Qizgʻin va murosasiz oʻtgan bahslarda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev qozogʻistonlik Dulat Bekbauovni, Hasanboy Doʻsmatov Fransiyalik Bilal Bennamani, Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzolani yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblarga medallar va chempionlik kamarlarini Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi. Shuningdek, ularga Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan ajratilgan mukofot pullari beriladi.
Musobaqaning soʻnggi kunida yana toʻrt nafar bokschimiz ringga chiqadi. Jahon chempionati 14-may kuni yakunlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring