“Prezident archasi” bolalarga quvonch baxsh etdi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqandda Yangi yil bayrami munosabati bilan oʻtkazilayotgan asosiy tadbirlar boshlandi. Dastlab viloyat musiqali drama teatrida “Quvnoq shaharcha” ertak-spektakli namoyish etildi. Teatr sahnasida Qorbobo, qorqiz va boshqa ertak qahramonlari hamda harbiylar chiqish qildi. Tadbirni shahar va tumanlaridan kelgan 600 nafarga yaqin bolajon miriqib tomosha qildi.
“Prezident archasi” tadbiri Samarqand shahridagi “Oltin Samarqand” bazmgohida davom etdi.

Shundan soʻng qorbobo va qorqiz hamrohligida viloyat va shahar hokimligi, sektor rahbarlari bolalarga Prezident sovgʻalarini topshirdi. Bayramona bezatilgan sahnada jajjilar uchun konsert dasturi namoyish etildi.
Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan “Qorbobolar karvoni” tashkil etilib, tuman va shaharlardagi nogironligi boʻlgan, shifoxonadagi va kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun sovgʻalar yetkazib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring