Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga joʻnab ketdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari Rossiya tomoni raisligida oʻtkaziladigan “BRIKS plyus” formatidagi yalpi sessiyada nutq soʻzlaydi.
Uchrashuv kun tartibidan inklyuziv va barqaror taraqqiyotni taʼminlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan. Shuningdek, global siyosatning dolzarb jihatlari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, tashrif dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
BRIKS birlashmasi 2006-yilda tashkil etilgan. Hozirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiya uning aʼzolaridir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring