Prezident 12 ta shahar va 6 ta tumanning hokimlarining birinchi oʻrinbosarlarini ishdan olishga koʻrsatma berdi
Foto: president.uz
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Barcha infratuzilmasi va moliyaviy imkoniyatlari mavjud boʻla turib, respublika boʻyicha 12 ta shahar hamda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Samarqandning 2 tadan tumanidagi aksariyat hokim yordamchilarining faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgani koʻrsatib oʻtildi.
Shu munosabat bilan Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Guliston, Fargʻona, Margʻilon, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod shaharlari hamda Uchtepa, Mirzo Ulugʻbek, Toshkent, Qibray, Boʻstonliq va Urgut tumanlari hokimlarining birinchi oʻrinbosarlarini ham ishdan olishga koʻrsatma berildi.
Tajribali mutaxassislarni jalb qilib, ushbu shahar va tumanlar hokim yordamchilarini toʻxtovsiz oʻqitish, yoʻnalishlar berib borish, yaxshi-yaxshi tajribalarni oʻrgatib borish kerakligi taʼkidlandi.
Oʻtgan 3 oy ichida har bir mahallaning ixtisoslashuvi aniqlab olingani, endi ushbu mahallalarni ixtisoslashuvi boʻyicha qoʻllab-quvvatlash tizimi joriy etilishi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring