Popda karantin hududi qurib bitkazildi
Pop tumanining Gʻurumsaroy qishlogʻida qurilishi boshlangan 1200 oʻrinli karantin hududida asosiy yumushlar nihoyasiga yetkazildi. Mazkur hudud 2,2 gektar maydonni tashkil etib, bu yerga zarur infratuzilma — elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi.

Karantin hududi bino va inshootlari tezkor usulda 180 ta konteynerdan tiklandi. Maxsus konteynerlarning har biri 26 kvadrat metrdan iborat boʻlib, 12 kvadrat metrli alohida kirish qismiga ham ega. Xonalar 4 kishiga moʻljallangan, har birida konditsioner, televizor va dush bor.
Ayni paytda loyihaning uzviy bosqichi - 150 oʻrinli shifoxona qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Undan muolaja xonalari, tibbiyot boʻlimlari, oshxona, laboratoriya va dorixona oʻrin oladi. Butun kuch va imkoniyatlar mazkur obyektni ham tez kunlar ichida foydalanishga topshirishga yoʻnaltirilgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring