Popda auksiondagi korxona modernizatsiyadan chiqarildi

13:52 17 Iyul 2024 Jamiyat
238 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. “Tashkent Trade Center” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli. Bir necha yildan buyon samarasiz quvvatda ishlab kelgan koʻmir briket korxonasi negizida faoliyat boshladi. E-Auksion ommaviy savdo maydonchasi orqali sotib olingan obyekt zamonaviy uskuna va jihozlar bilan taʼminlandi. Quvvatlar qayta tiklandi. Mahsulot sifati talab darajasiga koʻtarildi.

— Yangilangan korxonada yiliga 100 ming tonna koʻmir briketi tayyorlanadi, — deydi Pop tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Sherali Qosimov. — Loyiha ijrosi bilan bu yerdagi ish oʻrinlari koʻpayib, 150 taga yetdi. Yangilangan quvvatlarning foydalanishga topshirilishi tumanimizda sanoat ishlab chiqarishi hajmini 180 milliard soʻmga ortishini taʼminlaydi.

Aytish kerakki, Popda ishlab chiqarilayotgan koʻmir briketini ichki bozordan tashqari, eksportga, jumladan, Yevropa davlatlariga ham chiqarish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер