Pop tumanida yuk avtomobili yonib ketdi
Bu haqda YHXBB maʼlum qildi.
Joriy yilning 8-iyul kuni soat 07:10larda Namangan viloyati, A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 242 kilometrida, haydovchi 1991-yilda tugʻilgan N.A. “Mercedes-benz actros 1836” rusumli yuk avtomobilini boshqarib borayotib, boshqaruvni yoʻqotib agʻdarilgan, natijada yongʻin sodir boʻlgan.
Yongʻin bartaraf etilgan. Agʻdarilish va yongʻin natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring