Pop tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari toʻxtatib qolindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan tuman IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda “Namangan muntazam” YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.A. va O.O. oʻzaro til biriktirib, O.O.ning “ISUZU” rusumli avtotransport vositasida umumiy bahosi 477 mln soʻmlik 4 xil turdagi jami 49 480 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring