Polsha butun mamlakat boʻylab oʻq-dorilar ishlab chiqarish uchun texnologik liniyalarni tashkil etadi

02:59 26 Mart 2023 Dunyo
1293 0

Illyustrativ foto

Polsha mamlakatning turli hududlarida oʻq-dorilar ishlab chiqarish boʻyicha texnologik liniyalarni yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vazir Mateush Moraveskiy aytib oʻtdi.

Unga koʻra, oʻq-dorilar ishlab chiqarish nafaqat davlat korxonalari, balki xususiy investorlar tomonidan ham oʻzlashtiriladi.

“Polshaning turli hududlarida biz oʻq-dorilarni ishlab chiqarish uchun yangi texnologik liniyalarni yaratamiz”, deb dedi siyosatchi.

Avvalroq, Polsha bosh vaziri Germaniya rasmiylari Ukrainaga yetarlicha yordam bermayotganini aytgan edi. Siyosatchi, shuningdek, Germaniya energetika inqirozi uchun aybdor, deb taxmin qilshini va u oʻz daʼvolarini Germaniya kansleri Olaf Sholsga bildirganini qoʻshimcha qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер