Poliklinikada koronavirusga test topshirish imkoniyati ham yaratiladi
Ayni pandemiya sharoitida aholi salomatligini asrash, ularga zamonaviy tibbiy xizmatlar koʻrsatish dolzarb vazifalardan biri. Denov tumanining “Loʻpon” mahalla fuqarolar yigʻinida bunyod etilib, foydalanishga topshirilgan qishloq oilaviy poliklinikasi shu kabi ulugʻvor maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, senator A. Sanginov tashabbusi va bevosita koʻmagi bilan barpo etilgan mazkur tibbiyot maskani har jihatdan koʻrkam va unga eng soʻnggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalari keltirib oʻrnatilgan. Qolaversa, katta tajribaga ega 14 nafar malakali mutaxassislar hamda yoshlar qizgʻin faoliyatini yoʻlga qoʻymoqda. Eng muhimi, bu yerda besh ming nafardan iborat loʻponliklarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatiladi.
— Ushbu poliklinika mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligiga tuhfa boʻldi — deydi mahalla faxriysi Boborahmat Qurbonov. — Endi tuman markaziga qatnamaymiz. Mahallamizning oʻzida zarur tibbiy maslahatlar hamda muolajalarni olamiz.
Darvoqe, yaqinda qishloq oilaviy poliklinikasida Covid-19ga test topshirish imkoniyati ham yaratiladi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring