Pokistonda qoʻporuvchilik harakati sodir etildi

01:07 07 Mart 2023 Dunyo
870 0

Foto: Dawn

Pokistonning Beujistan muzofoti Bolan tumanida amalga oshirilgan portlash oqibatida toʻqqiz nafar politsiya xodimi halok boʻldi va yana 13 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda mahalliy “Urdu Alarabiya” manbasi xabar tarqatdi.

Rasmiylarga koʻra, xudkush hujumchi mototsiklda Kantbar koʻprigi politsiyachilar mashinasini nishonga olgan. Yarador zobitlar dastlab mahalliy kasalxonaga olib kelingan, keyin esa muzofot markazi Kvettadagi kasalxonada vertolyot bilan evakuatsiya qilingan.

Kvetta kasalxonasi bosh shifokorining soʻzlariga koʻra, terakt tufayli shifo maskanida favqulodda vaziyat eʼlon qilingan va barcha zarur xodimlar ishga jalb etilgan.

Bu joriy yil boshidan beri Pokistonda amalga oshirilgan ikkinchi yirik qoʻporuvchilik harakati hisoblanadi. Shu yilning yanvar oyida shahridagi masjidda amalga oshirilgan portlash kamida 90 kishiga jarohat olgani, ularning ayrimlarining ahvoli ogʻirligi maʼlum qilingan edi.

Pokiston hukumati portlashni uyushtirishda gumon qilib 23 kishini, shu jumladan huquq-tartibot idoralari xodimlarini ham hibsga olgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер