Pokistonda portlash sodir boʻldi
Pokistonning shimoli-sharqidagi Panjob viloyatining Ravalpindi shahrida sodir boʻlgan portlashda kamida 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda Geo telekanali politsiya xodimlariga asoslanib xabar berdi.
Avvalroq Xinxua agentligi 10 ga yaqin qurbon haqida xabar bergan edi. Geo TV manbalarining xabar berishicha, uch kishining ahvoli ogʻir.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring