Pokiston “Tolibon”ga xavfsizlik xizmatini tayyorlashga yordam berishni vaʼda qilmoqda

03:29 23 Sentyabr 2021 Dunyo
1410 0

Foto: AP

Pokiston Afgʻonistonning yangi hukumatiga xavfsizlik xizmatini tayyorlashda yordam berishga tayyor. Bu haqda Pokistonning Kobuldagi elchisi Mansur Ahmad Xon aytib oʻtdi.

“Biz, Afgʻoniston hukumatiga xavfsizlik xizmatini tayyorlashda yordam berishga tayyormiz. Ammo bularning barchasi Afgʻoniston hukumatiga bogʻliq”, dedi diplomat.

Unga koʻra, Islomobod har qanday holatda agar “Tolibon” harakati buni istasa Kobulning ehtiyojlarini qondirishga tayyor.

Afgʻoniston masalasida Pokiston Xitoy va Rossiya hamkorlikda ishlamoqda. Xususan, 16-sentyabr kuni Pokiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Shoh Mahmud Qurayshi va Sergey Lavrov tomonidan tegishli bitim tuzilgan. Bundan tashqari, 21-sentyabr kuni Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay va Milliy yarashuv oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla Rossiya, Xitoy va Pokiston muzokarachilari bilan uchrashib, Afgʻonistondagi vaziyat, mamlakat kelajagi va davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni muhokama qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер