Pokiston muvaqqat hukumati rahbari IHTning oʻn oltinchi sammitida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali
Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari mamlakatimizda oʻtkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) oʻn oltinchi sammitida ishtirok etish uchun Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan soʻng, yuqori martabali mehmon oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) oʻn oltinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring