Pokiston diplomatik missiyasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 27-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Pokiston Islom Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari hamda oʻzaro hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari koʻrib chiqildi. Xususan, soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasi qayd etildi.
Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari alohida koʻrib chiqildi. Keyingi yillarda yuk tashish hajmi qariyb 5 barobar oshgani qayd etildi. Transport infratuzilmasini rivojlantirishni nazarda tutgan holda mavjud boʻlgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishga kelishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar rejaga kiritilgan va yangi qoʻshma loyihalarni hayotga tatbiq qilish boʻyicha kelgusidagi hamkorlik formatini kelishib oldilar hamda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga oʻzaro intilishlarini tasdiqladilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring