Poytaxtning toʻrt tumanida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi
Toshkent shahrining toʻrt tumanida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasidan oʻtuvchi oʻrta bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlarida 5-mart kuni soat 12:00 dan 6-mart 08:00 gacha tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
Yashnobod tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Obisher” MFYdagi 16 ta koʻp qavatli uy va 370 ta yerli xonadon, “Assalom sohil”dagi 20 ta koʻp qavatli uy. “M. Ashrafiy” MFYdagi 120 ta yerli xonadon. Ulgurji isteʼmolchilar soni: 35 ta.
Mirobod tumani
Aholi isteʼmolchilari: “Qorasuv” MFYdagi 38 ta koʻp qavatli uy, “Tong yulduzi” MFYdagi 14 ta koʻp qavatli uy va 125 ta yerli xonadon. Ulgurji isteʼmolchilar soni: 25 ta. Shuningdek, Mirobod tumanidagi “Oltinkoʻl”, “Furqat” va “Yangi zamon” MFYlarida bosim pasayishi ehtimoli mavjud.
Bundan tashqari, taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 5-mart kuni soat 10:30 dan 15:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Aholi isteʼmolchilari soni: “Hastimom” MFYdagi 135 ta yerli xonadon. Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta.
Shayxontohur tumani
Aholi isteʼmolchilari soni: “Gulbozor” MFYdagi 80 ta yerli xonadon va 54 ta koʻp qavatli uy. Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring