Poytaxtimizda yana ikki nafar bemor koronavirusdan vafot etdi

23:41 02 Avgust 2020 Jamiyat
1183 0

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 43 yoshli R.A. (erkak) 27-iyul kuni ogʻir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir nafas va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil stenokardiya kabi hamroh xastaliklar bilan ham ogʻrigan.

Bemor oʻtkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir poytaxtlik 57 yoshli R.K. (ayol)da 21-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, stabil zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar ham boʻlgan.

Ayol oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, oʻtkir respirator distress sindromi, infeksion toksik shokdan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер