Poytaxtimizda Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi

23:26 29 Iyul 2023 Siyosat
1156 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun koʻp millatli yurtimizda Xalqlar doʻstligi kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.

Davlatimiz rahbarining farmoni bilan bugun bir guruh yurtdoshlarimiz orden va medallar bilan mukofotlangan edi.

Bayram tadbirida Senat Raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov ushbu mukofotlarni oʻz egalariga topshirdi.

Shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi Rustam Qurbonov tomonidan “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishonlari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер